May 23, 2024
O‘quv dasturlari ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar davomiyligi bo‘yicha Erasmus + klaster uchrashuvi/Loyiha g‘oyalari ustida ishlash bo‘yicha amaliy seminar
Ayni paytda Erasmus+ Milliy ofisi (NEO), Erasmus+ oliy ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda NamMTI faollar zalida "O‘quv dasturlari ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar davomiyligi bo‘yicha Erasmus + klaster uchrashuvi/Loyiha g‘oyalari ustida ishlash bo‘yicha amaliy seminar" bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori P.Lutfullayev boshchiligida kafedra mudirlari, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlar ham qatnashmoqdalar. Seminar davomida institutda bajarilayotgan EMPOWER loyihasi taqdimoti qilinishi ham rejalashtirilgan.