June 2, 2026
EMPOWER loyihasining 6-Koordinatorlar uchrashuvi TU Dresden universitetida bo'lib o'tdi
EMPOWER loyihasining 6-Koordinatorlar uchrashuvi TU Dresden universitetida
2–3-iyun, 2026-yil
TU Dresden | SE1 Seminargebäude 1, Zellescher Weg 22, Dresden, Germaniya
Erasmus+ CBHE doirasidagi EMPOWER — “O‘zbekiston fuqarolarining gender tengligi va bandligini ta’minlash uchun ayollarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasining 6-Koordinatorlar uchrashuvi Germaniyaning TU Dresden universitetida loyiha hamkorlarini birlashtirdi.
Uchrashuvning birinchi kuni barcha hamkorlarning faol ishtiroki, samarali muhokamalar va o‘zaro tajriba almashinuvi bilan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Kun davomida loyiha ishtirokchilari quyidagi asosiy yo‘nalishlarni batafsil muhokama qildilar:
ishlab chiqilgan mikromodullar bo‘yicha yangilanishlar
1- va 2-pilot bosqichlari natijalari
loyihaning joriy holati va amalga oshirilayotgan ishlar
1- va 2-pilot bosqichlari bo‘yicha sifatni ta’minlash (QA) natijalari
tashqi ekspert tavsiyalari va QA hisoboti bo‘yicha yangilanishlar
hamkor universitetlarning so‘nggi 6 oy davomida loyihani targ‘ib qilish va natijalarni tarqatish bo‘yicha amalga oshirgan faoliyatlari
Sessiyalar davomida hamkorlar amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, institutsional tajriba almashish, dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish hamda EMPOWER loyihasining keyingi faoliyatlarini muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Dastur doirasida TU Dresden kutubxonasi va kampusi bo‘ylab tashrif ham tashkil etilib, hamkorlar o‘rtasidagi akademik aloqalar va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Ayollarni ta’lim, tadbirkorlik, gender tengligi va xalqaro hamkorlik orqali qo‘llab-quvvatlash sari yana bir samarali qadam!