May 18, 2026
Erasmus+ loyihalari sinergiyasi: EMPOWER va DeSIRe tadbirkorlik bo‘yicha mini-ma’ruzada birlashdi
Erasmus+ loyihalari sinergiyasi: EMPOWER va DeSIRe tadbirkorlik bo‘yicha mini-ma’ruzada birlashdi
“Tadbirkorlik ko‘nikmalari: tashabbuskorlik va proaktivlik” mavzusidagi muvaffaqiyatli mini-ma’ruza Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) doirasidagi ikki xalqaro loyiha — EMPOWER va DeSIRe hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tadbir Erasmus+ loyihalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik va bilim almashinuvining yorqin namunasi bo‘lib, ta’limdagi innovatsiyalar hamda zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni birlashtirdi.
Mini-ma’ruza davomida ishtirokchilar tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim mavzular bilan tanishdilar. Jumladan, tadbirkorlik tafakkurini shakllantirish, biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, bozor tadqiqotlari, biznes g‘oyalarni validatsiya qilish, Business Model Canvas va Value Proposition Canvas kabi zamonaviy vositalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi
Shuningdek, Airbnb misolida muvaffaqiyatli startap yaratish yo‘lidagi tashabbuskorlik, muammolarni imkoniyatga aylantirish va noaniqlik sharoitida tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy кейс taqdim etildi.
Mazkur hamkorlik oliy ta’limda Erasmus+ loyihalari sinergiyasining muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Turli loyihalar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi va hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, talabalarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
EMPOWER loyihasi ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, DeSIRe loyihasi XXI asr mehnat bozori talablariga mos yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Birgalikda ushbu tashabbuslar Erasmus+ dasturining innovatsion, inklyuziv va xalqaro hamkorlikka asoslangan ta’lim ekotizimini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.