May 8, 2026
ERASMUS+ WEEK 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!
Erasmus+ CBHE EMPOWER PROJECT WORKSHOP
Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan
Kimyo International University in Tashkent hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasi workshopi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Biz quyidagi faxriy mehmonlarni kutib olishdan mamnun bo‘ldik:
Aziza Karimovna Abdurakhmonova – O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi direktori
Akmal Baltayevich Allakuliyev – KIUT rektori
Farkhad Niyazov – KIUT SDG Excellence Centre direktori
Janar Salimovna Abuova – CAU tomonidan EMPOWER loyihasining bosh koordinatori
Workshop doirasida 70 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, bilim almashish, muloqot va xalqaro hamkorlik uchun samarali platforma yaratildi.
Tadbir davomida ayollar tadbirkorligi, liderlik, bandlik, innovatsiyalar va gender tengligi mavzularida ilhomlantiruvchi muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Interaktiv sessiyalar, ayniqsa, qizlar va taklif etilgan mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Tadbir yakunida eng faol offline ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ushbu muvaffaqiyatli tadbir Erasmus+ hamkorligining ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish va barqaror imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadami bo‘ldi.
Birgalikda ayollarni ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlik orqali qo‘llab-quvvatlaymiz!
#ErasmusWeek2026 #EMPOWER #ErasmusPlus #CBHE #WomenEmpowerment #KIUT #NEO #GenderEquality #Entrepreneurship #Leadership