Sign In
Main Image

March 4, 2026

Kuchli Ayollar – Kuchli Jamiyat!

Kuchli Ayollar – Kuchli Jamiyat!

4-mart kuni Central Asian Universityda Erasmus+ EMPOWER loyihasi doirasida SDG Day 2: Gender and Education Disparities tadbiri bo'lib o'tdi.

 Tadbir SDG 4 (Sifatli ta'lim) va SDG 5 (Gender tengligi) maqsadlariga bag'ishlandi.

 Qatnashchilar bilan quyidagi ma'ruzachilar o'z tajribalari va bilimlarini o'rtoqlashdilar:

Zeliha Ünaldi (UN Women Uzbekistan)

Vivien Warner (Dresden Texnika Universiteti)

Diyan Dimov (Varna Menejment Universiteti)

Janar Abuova (EMPOWER loyihasi koordinatori)

Muhokamalar davomida ta'lim va tadbirkorlik orqali gender tengligiga erishish yo'llari, ayollarning jamiyatdagi o'rni va global siyosatning ahamiyati haqida qimmatli fikrlar bildirildi.

Tadbirkorlik, ta'lim va gender tengligi mavzularida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun ilhomlantiruvchi va foydali bo'ldi.


#ErasmusPlus #EMPOWERProject #CentralAsianUniversity #GenderEquality #SDG4 #SDG5 #QualityEducation #TadbirYakunlandi

img
img