Sign In
Main Image

March 4, 2026

Bugun talaba, ertaga tadbirkor!

Bugun talaba, ertaga tadbirkor!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ilgari surilgan yoshlarga oid tarixiy tashabbus va qarorlar doirasida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida har payshanba "Yoshlar kuni” munosabati bilan Erasmus+ dasturining “Empowering Women Entrepreneurship” loyihasi doirasida talaba-yoshlar uchun uchrashuv tashkil etildi.

Loyihani monitoring qilish maqsadida tashrif buyurgan Bolgariya davlatining Varna Menejment Universiteti mutaxassisi Diyan Dimov talabalar bilan uchrashib, biznes g‘oyani shakllantirish, bozorni o‘rganish, startap loyihalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida fikr almashdi.

Uchrashuv davomida talabalar faol savollar berib, amaliy tajribalar asosida muloqotda ishtirok etdi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, davlat dasturlari, grantlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda biznes faoliyatiga qiziqishini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

img
img