January 12, 2026
Erasmus+ EMPOWER’dan KIUT’dagi yutuqlar!
Erasmus+ EMPOWER’dan KIUT’dagi yutuqlar!
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Erasmus Empower dasturi doirasida talaba qizlar uchun tashkil etilgan 1,5 oylik intensiv o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mashg‘ulotlar yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi. Ishtirokchilar biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlik va amaliy rejalashtirish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulotlar trener-o‘qituvchilar Z. Sharipova va D. Gafurova tomonidan olib borildi. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ishlarga ham alohida e’tibor qaratilib, qizlar tomonidan turli biznes g‘oyalari taqdim etildi.
Yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar Yangi yil tantanasida bayramona kayfiyatda topshirildi!
Ushbu pilot loyiha kelgusida ayollar tadbirkorlik salohiyatini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim tajriba bo‘ldi.
#empower #tadbirkorlik #tadbirkorayol #womenempowerment #KIUT