Sign In
Main Image

January 5, 2026

NAMANGANdan yangilik! Erasmus Empower: talaba qizlar uchun intensiv o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi!

Erasmus Empower: talaba qizlar uchun intensiv o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Erasmus Empower dasturi doirasida talaba qizlar uchun tashkil etilgan 1,5 oylik intensiv o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi.

O‘quv jarayonida ishtirokchilar biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlik va amaliy rejalashtirish masalalari bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar tajribali trener-o‘qituvchilar N.Jakbarova, F.Mahmudova va A.Amanov tomonidan olib borildi. Dastur ijrosini muvofiqlashtirish va o‘quv jarayoniga rahbarlik qilish Erasmus Empower dasturining Namangan bo‘yicha koordinatori P. Lutfullayev tomonidan amalga oshirildi.

Nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy ishlarga ham alohida e’tibor qaratilib, talaba qizlarning faol ishtiroki ta’minlandi. Yakunda ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Mazkur pilot loyiha kelgusida ayollar uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, ularning tadbirkorlik salohiyatini yanada oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladigan muhim tajriba bo‘ldi. http://namsifl.uz/
#empower #tadbirkorlik #tadbirkorayol #womenempowerment

img
img