November 16, 2025
ERASMUS+ EMPOWER loyihasi doirasida ayol talabalarning tadbirkorlik bo‘yicha ikkinchi modulni muvaffaqiyatli yakunlagani — biz uchun katta faxr!
Ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘zining ilk startap g‘oyalarini Canva platformasida vizual tarzda yaratishdi. Bu nafaqat ularga dizayn ko‘nikmalarini berdi, balki o‘z loyihalarini aniq tasavvur qilish, mazmun va yo‘nalishni shakllantirishga katta yordam berdi.
Talabalar tomonidan yaratilgan g‘oyalar esa haqiqatan ham ilhomlantiradi:
mazali va sog‘lom ichimliklar taklif qiluvchi “Limonad Shop”,
bolalar uchun zamonaviy, o‘yin orqali rivojlantiruvchi “Kids Garden” bog‘chasi,
ayollar uchun qo‘llab-quvvatlovchi kurslar, kichik xizmatlar markazlari, ijodiy ustaxonalar va yana ko‘plab yangicha qarashdagi tashabbuslar.
Bu g‘oyalar — shunchaki dars ishi emas. Bu — ayol talabalarimizning kelajakdagi biznesi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va jamiyatga qo‘shadigan hissasining boshlanishi.