November 13, 2025
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida qiz talabalarning biznes va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Qiz talabalarning biznes salohiyatini oshirish bo‘yicha mikromodul amaliyoti o‘tkazildi!
Bugun institutning faol va izlanuvchan talabalari uchun EMPOWER loyihasi doirasida mikromodul amaliyotining navbatdagi bosqichi tashkil etildi. Unda qizlar LMS platformasida joylashgan 6 ta mikrokredit kurslaridan 2 tasini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘quv jarayonida yuzaga kelgan savollariga javob oldilar.
Tadbir davomida loyiha imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda yosh ayollar uchun yaratilayotgan startap dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qizlar o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish, innovatsion fikrlashni kuchaytirish va yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun yangi turtki oldilar.
Tadbirni N.Jakbarova va F.Mahmudova olib bordilar. Ular o‘z tajribalari asosida talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularga ishonch, qat’iyat va ijodkorlik sari ilhom bag‘ishladilar.
Empower bilan harakatda bo‘ling!
O‘zingizni rivojlantiring, orzularingiz sari dadil qadam tashlang — kelajak sizniki!