Sign In
Main Image

November 7, 2025

EMPOWER NEWS! Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida qiz talabalarning biznes va tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish davom etmoqda!

Bugun KIUT ning 4-kurs talaba qizlari uchun EMPOWER loyihasi doirasida Mikromodul amaliyotini ya'ni 6 ta mikrokreditlarni maxsus LMS platformasida o'qish uchun yo'riqnomalar berildi va LMS platformasining  taqdimoti o‘tkazildi. Unda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, treninglar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda kelajakda o‘z biznesini boshlashni istagan qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimotni D. Gafurova olib bordi va talabalarga yangi g‘oyalar, ilhom va motivatsiya ulashdi. 

Qizlar — biz sizga ishonamiz!
Empower bilan o‘zingizni rivojlantiring, orzularingiz sari dadil qadam tashlang! 

img