Matluba BAXRONOVA,Buxoro davlat pedagogika instituti, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi tomonidan Empower dasturi haqida o'z fikr va mulohazalari bilan bo'lishdi. EMPOWER loyihasi nafaqat ko'nikmalarga, balki hayotni o'zgartirishga va O'zbekistondagi har bir ayol o'z salohiyatiga erisha oladigan kelajakni qurishga qaratilgan. Ushbu loyihada O‘zbekistonning Markaziy Osiyo universiteti, BuxDU Pedagogika instituti, Isxoxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institute hamda Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti hamkorlik qilib kelmoqdalar.Xalqaro loyiha doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti ishtirokchilari ham faol qatnashib, oliy ta’lim iqtidorli o‘qituvchilari tomonidan yosh ayollarning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan seminar-treningni alohida ta’kidlashdan mamnunmiz. Ushbu seminar inklyuziv va innovatsion biznes landshaftini rivojlantirish bo'yicha davom etayotgan dasturimizning debochasidir.